Jump to content

Draft:Kamola Abduvaliyeva

From Wikipedia, the free encyclopedia

Kamola Abduvaliyeva
Alfraganus university axborot siyosati bo'yicha rektor maslahatchisi, mas'ul kotib

Abduvaliyeva Kamolaxon Ravshanbekovna(1987-yil, 7-yanvar, Andijon shahri) Alfraganus university axborot siyosati bo'yicha rektor maslahatchisi, mas'ul kotib. Turk, rus va o'zbek tillarini erkin biladi.

Biografiyasi

[edit]

1987-yil 7-yanvarda Andijon viloyatida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 2003-yilda Andijon kasb-hunar va milliy hunarmandchilik kollejida talaba bo'lgan. Keyinchalik "Aziz yurtim" MChJning "Diydor" radiosida boshlovchi, Milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida maxsus fanlar o'qituvchisi sifatida ishlagan.

Faoliyati

[edit]

14 yil davomida "Milliy tiklanish" partiyasi Andijon viloyati raisining axborot siyosati bo'yicha maslahatchisi bo'lib ishlagan. 2009-yilda Oltinko'l tuman kengashiga deputatlikka nomzod sifatida taqdim etilgan, 2014-2019-yillarda esa Andijon viloyat kengashiga nomzod bo'lgan. Mas'uliyatli, malakali mutaxassis bo'lib, butun faoliyati davomida yoshlar siyosati sohasida respublika darajasidagi ma'muriy tashkilotlarning ijro tizimida faol ishlab kelgan.

Ijodiy faoliyati

[edit]

Bundan tashqari, uning samarali tashkiliy va jamoat faoliyati munosib baholandi va Qozog'iston Respublikasining "Mohir Iqtidor" nishoni bilan taqdirlandi. Bugungi kunga kelib uning to'rtta she'rlar to'plami va bitta uslubiy qo'llanmasi chop etilgan. 2020-yildan boshlab u Ma'rifat targ'ibotchilari jamiyati a'zosi. Uning umumiy mehnat faoliyati 17 yilni tashkil etadi.